Qoraqalpog`iston Respublikasining Taxiyatosh tumanida 7 iyul kuni shu tumanda yashovchi, S.Yu.ning uyida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Ammo yong`in oqibatida uyning 12 kv.m. maydoni yonib zarar ko`rgan.
Yong`in o`chirish vaqtida S.Yu.ning birga yashagan o`g`li A.Yu.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Surishtiruv ishlari natijasida yong`in elektr simlarining qisqa tutashuvidan kelib chiqqanligi aniqlandi.






