Adabiyotlarni berish va dispetcherlik xizmati O`zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilar tomonidan eng ko`p so`ralgan kitoblar top-10 taligini taqdim etdi. O`zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra ular quyidagilar:
1. Aleksandr Dyuma. “Graf Monte-Kristo”.
2. Fyodor Dostoevskiy. “Jinoyat va jazo”.
3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Baxtiyor oila”.
4. Tohir Malik. “Shaytanat”.
5. Ahmad Lutfiy Qozonchi. “Saodat asri qissalari”.
6. Jaloliddin Rumiy. “Ichindagi ichindadur”.
7. Rashod Nuri Guntekin. “Choliqushi”.
8. Stefani Mayer. “Sumerki”.
9. Said Ahmad. “Ufq”.
10. Shekspir. “Hamlet”.