O`tgan dam olish kunlari Tojikistonda ro`y bergan yo`l transporti hodisalari oqibatida etti kishi, jumladan, bir nafar o`zbekistonlik fuqaro hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda Tojikiston "Xalq so`zi" nashri xabar berdi.
Ma`lum bo`lishishicha, yakshanba kuni O`zbekiston fuqarosi, Samarqand viloyatida yashovchi 27 yoshli Hamdamqul Azimov o`z shaxsiy avtomobilida boshqaruvni yo`qotib, mashinasi bilan Varzob daryosiga qulab ketgan.
Hozirda haydovchining jasadini qidirish ishlari davom etyapti.






