AsosiyJamiyat

Tug`ilganlik haqidagi guvohnomani FHDYo bo`limida emas, balki tug`uruqxonaning o`zida rasmiylashtirish taklif etildi

'Tug`ilganlik haqidagi guvohnomani FHDYo bo`limida emas, balki tug`uruqxonaning o`zida rasmiylashtirish taklif etildi'ning rasmi

Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tug`ilganlik haqidagi guvohnomani FHDYo bo`limlarida emas tug`uruqxonaning o`zida rasmiylashtirish tartibini joriy etish haqida petisiya paydo bo`ldi.

“Ma`lumki, hozirgi kunda tug`uruqxonalarda tug`ilgan chaqaloqlarni qayd etish guvohnomalarini olish birmuncha qiyinchiliklar va ovoragarchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Chunonchi, tug`ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun tug`uruqxonadan tegishli ma`lumotnomani olib bir qancha yo`l bosib, tuman FHDYo bo`limiga borishga to`g`ri keladi. U erda darrovda tug`ilganlik haqidagi guvohnomani qo`lga kiritish amri mahol”, - deyiladi murojaatnoma matnida.

Qayd etilishicha, soat 9.00 da ish boshlaydigan FHDYo bo`limida soat 7.00 dan boshlab tumonat odam navbatda turadi. Navbat etib, 3-4 soat deganda tug`ilganlik haqidagi guvohnomani qo`lga kiritasiz. Keyin esa guvohnomani tug`uruqxonaga olib borishga to`g`ri keladi. Aks holda tug`uruqxonadan yangi tug`ilgan bola va onasiga uyiga ketish uchun ruxsat berilmaydi. Shu sababli amaldagi tug`ilganlik haqidagi guvohnomani berish tizimini takomillashtirish kerak.

Petisiya mualliflari tug`ilganlik haqidagi guvohnomani FHDYo bo`limida emas, balki tug`uruqxonaning o`zida rasmiylashtirishni taklif qilishmoqda. Mazkur taklifning amalga oshirilishi fuqarolarga ko`plab qulayliklar yaratadi.

    Boshqa yangiliklar