Tailand shimolidagi g`orda qamalik qolgan yosh futbolchilarni qutqarish operasiyasiga start berildi.
23 iyun kuni 12 nafar yosh futbolchi va ularning murabbiy musson yomg`irlari tufayli Txam Luang g`orida qamalib qolgan edi. Ayni damda qutqaruvchilar ikki bolakayni olib chiqishga muvaffaq bo`lishdi.
Bugun Narongsak provinsiyasi gubernatori boshchiligidagi qutqaruvchilar shtabi bolalarni qutqarib olishning yakuniy bosqichi boshlangani haqida xabar berishdi. Bungacha ular bir necha kun davomida g`ordan suvni tortib olishdi, deb yozmoqda Olamsport nashri.
Ma`lumot uchun, 12 nafar suv ostiga sho`ng`uvchilar, ya`ni g`avvoslar bolalar va ularning murabbiyini birin-ketin olib chiqish uchun g`orning narigi burchagi tomon otlanishdi.
Qutqaruvchilar maktab o`quvchilarini akvalangdan foydalanishga o`rgatishdi.