2018 yil 1 sentyabrdan Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar turi ko`payadi.
Davlat xizmatlari agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo`limidan ma`lum qilishicha, joriy yil 1 sentyabrdan tug`ilganlikni qayd etish, adliya organlari va muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo`yish, FHDYo va notariat organlari tomonidan arxiv hujjatlarini, sudlanganlik, jismoniy shaxs – soliq to`lovchining soliqlardan va boshqa ko`rinishdagi qarzi bor-yo`qligi haqida ma`lumotnomalar, jismoniy shaxslarga STIR berish, manzil-ma`lumot axborotlarini taqdim etish kabi xizmatlar Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.






