AsosiyJamiyat

Buxoroda uchta avtomashina to`qnashuvi natijasida 2 kishi halok bo`lib, 3 kishi jarohat oldi

'Buxoroda uchta avtomashina to`qnashuvi natijasida 2 kishi halok bo`lib, 3 kishi jarohat oldi'ning rasmi

Buxoro viloyatning G`ijduvon tumanida uchta avtomashina to`qnashuvi sodir etildi, deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

"8 iyul kuni Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi N.R. “Matiz” rusumli avtomashinani Zafarobod qo`rg`oni hududidan o`tuvchi A-379 avtomobil yo`lining 35-km.da haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketib fuqaro M.B. boshqaruvidagi “Neksiya” va fuqaro Yo.M. boshqaruvidagi yana bir “Neksiya” rusumli avtomashinalari bilan to`qnashuv sodir etgan", - deyilgan xabarda.

Natijada “Matiz” avtomashina yo`lovchisi fuqaro G.B. ismli ayol jarohat olib voqea joyida, Yo.M. boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasi yo`lovchisi fuqaro V.N. esa kasalxonada vafot etganlar.

Qolgan yo`lovchilar E.K. ismli ayol va uning ikki nafar farzandi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilganlar.

    Boshqa yangiliklar