Samarqand viloyati hududidan o`tuvchi avtomobil yo`llarida o`rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi fotoradarlar to`liq ishga tushirildi. Bu haqda viloyat IIB yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi radarlar belgilangan tezlikdan yuqori harakatlangan avtoulovlar tezligini qayd etadi. Shu vaqtning o`zida yo`l harakati qoidalari buzilganligi bo`yicha jarima solish to`g`risida ma`muriy huququbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz transport vositalarining egalariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar chiqariladi va foto-tasvir ilova qilingan holda yashash manzillariga yuboriladi.






