1

Eng yuqori nikoh Sirdaryoda, eng ko`p ajrim esa Surxondaryoda kuzatildi

Jamiyat 10.07.2018, 14:03
Eng yuqori nikoh Sirdaryoda, eng ko`p ajrim esa Surxondaryoda kuzatildi

Davlat statistika qo`mitasi xabariga ko`ra, O`zbekistonda yanvar-iyun oylarida FHDYo organlari tomonidan 104,9 ming nikoh qayd etildi, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffisienti 6,5 promilleni tashkil etdi. Tuzilgan nikohlar soni 2017 yilning mos davriga nisbatan yuqori o`sish sur`atlari Sirdaryo (122,4%), Jizzax (121,7%), Andijon (118,0%), Farg`ona (114,9%) va Toshkent (114,8%) viloyatlariga to`g`ri kelmoqda.

FHDYo organlari tomonidan 16,4 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo`lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffisienti 1 promilleni tashkil etdi. Ajrimlar soni 2017 yilning mos davriga nisbatan yuqori o`sish sur`atlari Surxondaryo (126,7%), Andijon (120,8%), Sirdaryo (112,7%), viloyatlariga va Toshkent shahriga (114,5%) to`g`ri kelmoqda.

2017 yilning mos davriga nisbatan sezilarli kamayish Xorazm (30,9%) va Navoiy (10,1%) viloyatlarida kuzatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1