1

Bakalavr bosqichi bo`yicha barcha yo`nalishlardagi kontrakt miqdori ma`lum bo`ldi

Jamiyat 10.07.2018, 14:09
Bakalavr bosqichi bo`yicha barcha yo`nalishlardagi kontrakt miqdori ma`lum bo`ldi

Avvalroq yangi o`quv yilidan oliy ta`lim muassasalarida to`lov-kontrakt miqdori oshgani haqida xabar bergandik.

Oliy ta`limning barcha yo`nalishlaridagi to`lov kontrakt miqdori ma`lum bo`ldi.

Quyida bakalavr bosqichida ta`lim yunalishlari bo`yicha bir yillik o`qitish qiymati bilan tanishish mumkin (eng kam ish haqi miqdorida):

- Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta`lim
- Gumanitar fanlar
- Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar
- Sosiologiya va psixologiya
- Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari
- Qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi, qishloq xo`jaligida menejment, qishloq xo`jalik texnikasi, veterinariya, irrigasiya va meliorasiya
- Ijtimoiy ta`minot
- Sport faoliyati
- Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi

45 barobar – 8 mln 293 ming 500 so`m (ilgari 6 mln 650 ming)

- Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o`zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti
- Jurnalistika va axborot
- Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikasiya texnologiyalari
- Arxitektura va qurilish
- Xizmat ko`rsatish sohasi
- Transport

46 barobar – 8 mln 477 ming 800 so`m (ilgari 7 million 250 ming)
- San`at
- Arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish
50 barobar - 9 mln 215 ming so`m (7 mln 900 ming)

- Iqtisod
- Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment
- Sog`liqni saqlash
55 barobar – 10 mln 136 ming 500 so`m (ilgari 8 mln 800 ming)

- Jahon siyosati
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
- Huquq
60 barobar – 11 mln 58 ming so`m (ilgari 9 mln 850 ming).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1