1

Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini mukofotlash jamg`armasi tuzildi

Jamiyat 10.07.2018, 14:15
Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini mukofotlash jamg`armasi tuzildi

“O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini moddiy rag`batlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Qarorga muvofiq Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huzurida Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini rag`batlantirish va mukofotlash jamg`armasi tashkil etildi.

Yo`l harakati qoidalari buzilganligi uchun Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan solinadigan va Ichki ishlar vazirligining Moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag`batlantirish va boshqa harakatlar maxsus jamg`armasiga tushadigan jarimalar summasining 10 foizi Jamg`arma mablag`larini shakllantirish manbai etib belgilandi.

Jamg`arma mablag`laridan faqat Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini har oy pul bilan mukofotlash uchun foydalaniladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1