1

Qalbaki “Qarataw” ishlab chiqarayotgan sex aniqlandi

Jamiyat 10.07.2018, 17:49
Qalbaki “Qarataw” ishlab chiqarayotgan sex aniqlandi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligining buzilishiga qarshi kurash bo`limi xodimlari tomonidan Nukus shahrida qalbaki “Qarataw” arog`ini ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi.

O`tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro A.U. tomonidan shartli xaridorga har blokda sig`imi 0,5 litr bo`lgan 12 donadan iborat jami 30 blokda 360 shishaga qadoqlangan ichimlikni 4 million 140 ming so`mga sotayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olindi.

3cd13bd4-3ba6-4c4d-bb33-5d92e57dcfda.jpg
Tekshiruv davomida hech qanday hujjatlari bo`lmagan 154 shisha “Qarataw” arog`i, 1849 dona “Qarataw” arog`i etiketkalari, 623 dona aroq shishasi probkalari va qo`lbola aroq tayyorlashda ishlatiladigan har xil aksiz markalari, elim va boshqa uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma`lumotiga ko`ra, shu yilning o`tgan davrida bojxona xodimlari tomonidan ana shunday 15 holat aniqlangan bo`lib, huquqbuzarlardan 30 million 252 ming so`mlik 821,2 litr spirt va alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1