1

​Yosh tadbirkorlar uchun ajoyib imkoniyat

Jamiyat 10.07.2018, 19:43
​Yosh tadbirkorlar uchun ajoyib imkoniyat

Loyiha, startap yoki aniq biznes-rejaga ega yoshlar diqqatiga!

Investorlar oldida o`z g`oyangizni taqdim qilishga tayyormisiz? Moliyaviy manbaga ega bo`lish uchun real imkoniyatdan unumli foydalaning!

O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, «Mening yurtim» (My5) telekanali hamda IT Life internet telekanali hamkorligida SMART UP teleshousi yo`lga qo`yildi.

Ko`rsatilgan telegram raqamga loyihangiz haqida yozib qoldiring va taqdimotga taklifni kuting. Mahalliy va xorijiy investorlar qarshisida o`z go`yangizni himoya qiling va zaruriy mablag`ga ega bo`ling.

Investisiya miqdori cheklanmagan! Bu haqda batafsil quyidagi havoladan ma`lumot olishingiz mumkin:

https://www.facebook.com/yoshlarittifoqi.uz/videos/654412078227787/

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1