AsosiyDunyo

Parijda havo isib ketgani tufayli qo`shimcha plyajlar qurilmoqda

'Parijda havo isib ketgani tufayli qo`shimcha plyajlar qurilmoqda'ning rasmi

Fransiyada kuzatilayotgan jazirama tufayli poytaxt Parijda aholi uchun qo`shimcha plyajlar yaratildi, deya xabar qilmoqda Rentv.ru nashri.

Parijda kunlar tobora issib bormoqda. Hozirda harorat 31 darajaga etgani qayd etilgan. Bu esa o`tgan yillarga nisbatan 7 gradus yuqoridir. Shahardan oqib o`tuvchi Sena daryosi sohillarida esa qo`shimcha plyajlar barpo etilgan. Odamlar kunning asosiy qismini shu erda o`tkazishmoqda. Ularning so`zlariga ko`ra, Senada cho`milishning iloji bo`lmasa-da, suv bo`yida bo`lish jaziramadan himoyalanishga yordam beradi.

Hozirda Sena daryosi chetiga 52 ta dam olish joylari o`rnatilgan. Parij bo`ylab esa 800 ta yangi yozgi qaxvaxonalar ishga tushirildi. Rossiyada bo`lib o`tayotgan JChga borolmagan parijliklar o`z jamolari o`yinini shu erdan tomosha qilishmoqda.

    Boshqa yangiliklar