1

Toshkentlik ixtirochi qishloq xo`jaligida dron va robotlardan foydalanish usulini yaratdi (video)

Jamiyat 11.07.2018, 09:43
Toshkentlik ixtirochi qishloq xo`jaligida dron va robotlardan foydalanish usulini yaratdi (video)

“Yosh innovasiyachi” ko`rik tanlovida ishtirok etgan ixtirochilarning yaratgan loyihalari va g`oyalari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Toshkent radiotexnika va avtomatika kasb-hunar kolleji o`quvchisi Muhammadamin Umarov qator loyihalar muallifi hisoblanadi. “Yosh innovasiyachi” ko`rik tanlovida u yaratgan agrorobot va qishloq xo`jaligi sohasida ishlatiladigan dronlar barchada qiziqish uyg`otdi.

– Biz yaratgan agrorobot o`simliklarni tekshiradi, – deydi Muhammadamin Umarov. – Qaysi o`simlik yaxshi rivojlanyapti, qaysi birining rivojlanishida kamchiliklar bor barchasi haqida ma`lumot yig`ib kompyuterga yo`naltiradi. Bu o`z navbatida o`simliklarning yaxshi rivojlanishiga ko`maklashadi.

Yosh ixtirochining ikkinchi loyihasi dronlar ham qishloq xo`jaligi sohasida juda qo`l keladi. Ushbu drondan qo`l mehnatini ishlatmagan holda dori sepish va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Ko`rik tanlov ishtirokchisining shu va boshqa loyihalari haqida quyidagi videolavhada batafsil tanishish mumkin.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1