2018/2019 o`quv yili uchun Respublika oliy ta`lim muassasalarida maxsus sirtqi ta`lim yo`nalishlari bo`yicha bitta talabani bir yillik o`qitish qiymati:
(eng kam ish haqi miqdorida)
- Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta`lim
- Gumanitar fanlar
- Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar
- Sosiologiya va psixologiya
- Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari
- Qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi, qishloq xo`jaligida menejment, qishloq xo`jalik texnikasi, veterinariya, irrigasiya va meliorasiya
- Ijtimoiy ta`minot
- Sport faoliyati
- Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi
15 barobar – 2 mln 764 ming 500 so`m
- Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o`zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti
- Jurnalistika va axborot
- Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikasiya texnologiyalari
- Arxitektura va qurilish
- Xizmat ko`rsatish sohasi
- Transport
17 barobar – 3 mln 133 ming 100 so`m
- San`at
- Arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish
20 barobar – 3 mln 686 ming so`m
- Iqtisod
- Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment
- Sog`liqni saqlash
22 barobar – 4 mln 54 ming 600 so`m
- Jahon siyosati
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
- Huquq
27 barobar – 4 mln 976 ming 100 so`m






