AsosiySport

JCh-2018. Fransiya 12 yillik tanaffusdan so`ng yana finalda

'JCh-2018. Fransiya 12 yillik tanaffusdan so`ng yana finalda 'ning rasmi

JCh-2018 yarim finali doirasidagi Fransiya - Belgiya uchrashuvi bo`lib o`tdi.

O`yin taqdirini hal qilgan yagona gol 52-daqiqada urildi. Burchak to`pidan so`ng fransiyalik himoyachi Samyuel Umtiti boshibilan Tibo Kurtua qo`riqlayotgan darvozani ishg`ol qildi va terma jamoasini finalga olib chiqdi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

Shu tariqa, Fransiya terma jamoasi 12 yildan so`ng yana Jahon chempionatining finalida o`ynaydi. Ikkinchi finalchining nomi 11 iyul kuni tunda Xorvatiya va Angliya terma jamoalari uchrashuvidan so`ng ma`lum bo`ladi.

JCh-2018. Yarim final

"Sankt-Peterburg stedium"

FRANSIYa - BELGIYa 1:0

Gol: Samyuel Umtiti 52, - 1:0.

Fransiya: Ugo Loris, Lyuka Ernandes, Samyuel Umtiti, Rafael Varan, Benjamen Pavar, Pol Pogba, Ngolo Kante, Blez Matyuidi (Korentin Tolisso, 86), Kilian Mbappe, Antuan Grizmann, Olive Jiru (Stiven Nzonzi, 85).

Belgiya: Tibo Kurtua, Tobi Alderveyrld, Vensan Kompani, Yan Vertongen, Naser Shadli (Mishi Batshuayi, 90+1), Maruan Fellayni (Karrasko, 80), Aksel Vitsel, Mussa Dembele (Dris Mertens, 59), Kevin De Bryuyne, Eden Azar, Romelu Lukaku.

Bosh hakam: Andres Kunya (Urugvay)

Ogohlantirishlar: Eden Azar 63, Tobi Alderveyrld 71, Ngolo Kante 87, Kilian Mbappe 90+3, Yan Vertongen 90+4.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar