Andijonda Prezidentimiz farmoniga muvofiq O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 59 nafar yurtdoshimizga fuqarolik pasporti tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Tadbirda Andijon viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov mamlakatimiz farovonligi yo`lida sidqidildan mehnat qilayotgan, ammo o`zlariga bog`liq bo`lmagan holatlarga ko`ra fuqaroligi bo`lmagan shaxsga aylanib qolgan insonlarning hayotiy muhim masalalarini hal etishga davlatimiz rahbari alohida e`tibor qaratayotganini ta`kidladi.


– Bugun mendan baxtiyorroq inson yo`q, – deydi Qirg`iziston Respublikasida tug`ilgan, hozirda Andijon tumanida yashovchi fuqaro Mukuyma Jo`raxonova. – O`zbekiston fuqaroligiga qabul qilindim. Ko`nglimdagi kemtik to`ldi. Buning uchun Prezidentimizdan behad minnatdorman.






