Moskvada bir yo`lovchi metrodagi zinapoyada tutqichidan sirpanib tushaman deb halok bo`ldi, deya ma`lum qildi REN TV nashri.
Voqea “Bulvar Dmitriya Donskogo” bekatida sodir bo`lgan.
Tutqichdan pastga sirpanayotgan erkak bir zumga muvozanatni yo`qotadi va orqasiga yiqiladi. Marmar polga boshi bilan tushgan yo`lovchi o`sha zahoti vafot etdi.






