Rossiyada yakuni sari yaqinlashayotgan Jahon chempionatining ikkinchi finalchisi ham aniqlandi.
JCh-2018 ikkinchi yarim final uchrashuvi g`olibi qo`shimlar bo`limlarda aniqlandi. O`yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Avvaliga 5-daqiqada Tripper inglizlarni hisobda oldinga olib chiqdi, deb yozmoqda Olamsport nashri.
Uchrashuvning 68-daqiqasida Ivan Perishich muvozanatni tikladi. O`yinning 109-daqiqasida esa Mario Manjukich Xorvatiyani finalga olib chiquvchi golga mualliflik qildi. Endi Xorvatiya va Fransiya terma jamoalari o`zaro o`yinda jahon chempioni nomini aniqlab berishadi.
JCh-2018. Yarim final.
Xorvatiya - Angliya 2:1
"Lujniki" stadioni.
Gollar: 0:1 – 5 Tripper, 1:1 – 68 Perishich, 2:1 – 109 Manjukich.
Xorvatiya – Subashich, Lovren, Strinich (Pivarich, 95), Vrsalko, Vida, Rakitich, Brozovich, Perishich, Modrich (Badel, 119), Rebich (Kramarich, 101), Manjukich (Chorluka, 115).
Angliya – Pikford, Uoker (Vardi, 112), Stounz, Yang (Rouz, 90), Maguayr, Alli, Lingard, Sterling (Reshford, 74), Xenderson (Dayer, 97), Tripper, Keyn.
Bosh hakam: Juneyt Chaqir (Turkiya)
Ogohlantirishlar: Manjukich (48), Uoker (54), Rebich (96).