AQShning Los-Anjeles shahri atrofida yirik o`rmon yong`inlari sodir bo`lmoqda. Alanga oqibatlari haqida RIA novosti nashri xabar berdi.
Toboro kuchayib borayotgan olov Los-Anjeles osmonida qora bulutlarning paydo bo`lishiga va havoni zaharlanishiga olib kelmoqda. Hodisa oqibatida qurbon bo`lganlar va jarohat olganlar yo`q. Biroq ko`rilgan moddiy zarar katta ekanligi ma`lum qilingan.
Havoning quruq va kuchli shamol esayotgani alanganing tez tarqalishiga sabab bo`lmoqda. Uni bartaraf etish uchun turli qurilmalar va vertolyotlar jalb qilingan. O`t o`chiruvchilar yangi alanga o`choqlarini topib, unga barham berishga urinishmoqda. Hozirga kelib, yongan maydonlar 10 gektarni tashkil qilmoqda. Hukumat odamlarni evakuvasiya qilishga shoshilmayapti. Yaqin atrofdagi avtomagistrallarda transportlar harakati ham to`xtatilmagan.






