AsosiyDunyo

Hindiston Oliy sudi hukumatni Toj Mahalni yopishga chaqirmoqda

'Hindiston Oliy sudi hukumatni Toj Mahalni yopishga chaqirmoqda'ning rasmi

Mamlakatning Oliy sudi “Toj Mahalni ta`mirlang yoki butunlay buzib tashlang!” qabilidagi jiddiy chorlov bilan Hindiston hukumatiga murojaat qilgan.

Albatta, bu madaniyatni toptashga chaqiruv emas, balki yordam uchun chorlovdir. Chunki dunyo mo``jizalaridan birining saqlanib qolishi uchun shoshilinch choralar ko`rish kerak. Uttar Pradesh shtati ma`muriyati esa bu inshootni qarovsiz holda tashlab qo`yib qanchadan qancha daromaddan mosuvo bo`lmoqda. Toj Mahalni har kuni 200 mingga yaqin kishini ziyorat qiladi. Ammo, hukumat yorqin marmarni ifloslanishdan asrashdan boshqa hech narsa qilmayapti, deyiladi xabarda. “Televizion minoraga o`xshash Eyfel minorasini 80 million kishi ko`rgani keladi, bizning Toj Mahal undan anchayin go`zal“ deb qayd etgan sudya o`z so`zida.

Noyob binoning oq rangiga, ayniqsa, hasharotlar putur etkazishmoqda. Yamuna daryosi qirg`og`ida to`planib qolgan chiqindilar sabab bu hududda turli kemiruvchilar va hasharotlar ko`paygan. So`nggi yillarda o`rgimchak to`ri, mog`or va atrof-muhitning yomonlashuvi sababli devorlardagi yoriqlar tobora kengayib bormoqda. Oqibatda, yarim shaffof oq marmar qorayib, hatto ba`zi joylarda yashil rangga aylangan.

399d708b274305a522810d2d078a3ce2624f992e.jpg

Ekspertlarning maqbarani qutqarish vaqti keldi, deb ogohlantirganiga ham 10 yil to`ldi. Endi esa Hindiston Oliy sudi ana shunday keskin e`tiroz bilan chiqdi. Ularning fikricha, dunyoning bu mo``jizasini chorasizlik sababli yo`qolib borayotganini ko`rish uni buzish bilan barobardir. Hech bo`lmasa, inshootni vaqtinchalik yopib qo`yish sud tomonidan so`ralgan.

Taj++Mahal+-+Dirty.jpg

Eslatib o`tamiz, XVII asrda bunyod etilgan Toj Mahal dunyoning etti mo``jizasidan biri hisoblanadi.

Toj Mahalning tashqi devorlari va gumbazi oq marmar bilan qoplangan bo`lib, u quyoshli kunda oppoq tusga kirsa, ufq nurlari ostida qip-qizil bo`ladi, tunda esa oyning kumush shu`lasini aks ettiradi.

Majmuani asrab-avaylash maqsadida uni YuNESKOning jahon merosi ob`ektlari ro`yxatiga kiritishgan.

Bir muddat avval, Travel Ask ham Toj Mahal bilan bog`liq xavotirli xabarni bergandi. Xabarda qayd etilishicha, bino asta-sekinlik bilan vayron bo`lib bormoqda, bu esa ushbu yodgorlikning kelajagi haqida jiddiy bosh qotirishga majbur qiladi. Tadqiqotchi olimlarning fikricha, obidaning qizil yog`ochdan qilingan poydevori yaqinida joylashgan daryoning suvi kamaygani sababli qurib, yorilib ketmoqda. Agar tezkor choralar ko`rilmasa, Toj Mahalning poydevori marmar gumbazlar va minoralar og`irligini ko`tara olmay, tez orada emirilib ketishi mumkin. Hind ekologlarining aytishicha, daryo suvini ma`lum sathda ushlab turish uchun damba qurish kerak. Bu esa 71 ming funt sterlingga tushadi.

    Boshqa yangiliklar