AsosiyDunyo

JARda samolyot quladi: 19 kishi jarohatlangan (Video)

'JARda samolyot quladi: 19 kishi jarohatlangan (Video)'ning rasmi

Janubiy Afrika Respublikasida samolyot qulashi oqibatida 20 ga yaqin odam jarohat oldi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.

Hodisa Pretoriya shahrida sodir bo`lgan. Yo`lovchi tashuvchi samolyot aholi punktiga yaqin joydagi maydonga quladi. Xabarlarga qaraganda, mini samolyot bortida jami 20 kishi bo`lib, ularning bir nafari halok bo`lgan, qolgan 19 kishi esa yaralangan.

Falokatdan 5 daqiqa o`tgach, voqea joyiga etib kelgan favqulodda vaziyatlar xodimlari hamda o`t o`chirish guruhi samolyot bo`laklari orasidan odamlarni olib chiqishdi. Yaradorlarning 1 nafari Niderlandiya va 2 nafari Avstraliya fuqarolari ekani xabar qilinmoqda. Ular samolyotni boshqargan uchuvchilardir. Mazkur voqea xaqida boshqa ma`lumotlar yo`q. Halokat sabablari hozircha aniqlanmadi.


Boshqa yangiliklar