JCh-2018ning chorak finalida Fransiya-Belgiya matchi payti Nissada 30 nafar futbol muxlislari jarohat oldi, deb ma`lum qildi Ren.tv nashri.
Ma`lum bo`lishicha, muxlislardan biri olomon ichida mushak otgan. Qolganlar esa mushak ovozini teraktga yo`yishgan. Shundan so`ng olomon ichida vahima ko`tarilgan.
Ur-to`polonda jarohat olgan jabrdiydalar shifoxonaga yotqizilgan.






