Oltoy o`lkasida baliqchi ikki metrdan oshiqroq laqqa baliqni tutib oldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Baliq baliqchining qo`lidan qutulishga harakat qilib rosa tipirchilagan, hatto dumi bilan zarba ham bergan. Oxir-oqibat, laqqa baliqni qirg`oqqa sudrab olib chiqishga muvaffaq bo`lingan.
Laqqaning og`irligi 80-90 kilogrammligi taxmin qilinmoqda.