1

Kventin Tarantino “Kunlardan bir kuni Gollivudda” nomli filmining aktyorlar jamoasi tarkibini e`lon qildi

Dunyo 16.07.2018, 07:56
Kventin Tarantino “Kunlardan bir kuni Gollivudda” nomli filmining aktyorlar jamoasi tarkibini e`lon qildi

Nihoyat, Kventin Tarantinoning yangi yirik loyihasining tafsilotlari paydo bo`ldi, deya yozmoqda Segodnya nashri.

Rejissyor “Kunlardan bir kuni Gollivudda” filmining aktyorlar jamoasini e`lon qildi.

Kartinada qotil Charlz Mensonning qurboniga aylangan rejissyor Roman Polanskiyning rafiqasi bilan qo`shni bo`lgan sobiq aktyor Rik Daltonning o`tmishi haqida so`ylanadi.

Leonardo Di Kaprio – Rik Dalton

Bred Pitt – Kliff But

Rikning dublyori va do`sti.

Margo Robbi – Sheron Teyt

Rejissyor Roman Polanskiyning rafiqasi va aktrisa. U o`zining uyida Charlz Menson tomonidan o`ldiriladi.

Bert Reynolds – Jorj Span

80 yoshli qariyb so`qir odam. Los-Anjelesdagi ranchosini vestern filmlarni suratga olish uchun ijaraga bergan. Span ham Mensonning qurboni bo`lgan.

Demien Lyuis – Stiv Makkuin

Aktyorlar:

Shuningdek, filmda Zoi Bell, Tim Rot, Maykl Medsen, Kurt Rassel, Timoti Olifant, Jeyms Marsden, Juliya Batters, Jeyms Remar, Martin Kouv, Brenda Vakkaro, Nikol Galisiya, Kreyg Stark, Marko Rodriges, Rmon Franko, Rol Kardona, Moris Komt, Eddi Peres, Mayk Mox, Skut Mak Neyrilar suratga tushishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1