1

Qonxo`r yirtqichlar hujumni boshladi: Yangi “Yirtqich”ning yorqin kadrlari e`lon qilindi

Dunyo 16.07.2018, 07:58
Qonxo`r yirtqichlar hujumni boshladi: Yangi “Yirtqich”ning yorqin kadrlari e`lon qilindi

“Yirtqich” filmining muxlislari shu kunlarda kinofranshizaning yangi qismini intiqlik bilan kutmoqda, deya ma`ulm qildi Segodnya nashri.

Eslatib o`tamiz, yangi “Yirtqich”da Arnold Shvarsenegger suratga tushishdan bosh tortgan.

Shu kunlarda Empire nashri yangi “Yirtqich”dan ba`zi fotosuratlarni e`lon qildi.

Syujetga ko`ra, bosh qahramon – sobiq dengiz piyoda askari Erda yovuz o`zga sayyoraliklarga duch keladi. Ammo unga hech kim ishonmaydi. Uning o`g`li esa ochqich-kalitga aylanadi, negaki autist bolakay tilni tez o`rganadi va yirtqichlarni tushunishi mumkin.

Filmda Boyd Xolbruk, Oliviya Mann, Trevante Rouds va boshqalar suratga tushishgan. Jangari-fantastik film 13 sentyabrda katta ekranlarga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Rejissyorlik kursisida esa 1987 yilgi “Yirtqich”da suratga tushgan aktyor Sheyn Blek.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1