1

Chimkentdagi jarima maydonchasida saqlanayotgan 45 ta avtomobil yonib ketdi

Dunyo 16.07.2018, 12:59
Chimkentdagi jarima maydonchasida saqlanayotgan 45 ta avtomobil yonib ketdi

Qozog`istonning Chimkent shahridagi avtomobillarga mo`ljallangan jarima maydonchasida kuchli yong`in sodir bo`lishi oqibatida 45 ta transport vositasi yonib ketgan, deb xabar bermoqda Tengrinews.

Yong`in 15 iyul kuni sodir bo`lgan. Favqulodda vaziyatlar idorasining ma`lum qilishicha, avvaliga KamAZ rusumidagi mashina yonib, undagi olov boshqa avtomobillarga, so`ngra ikki qavatli mebel sexiga o`tgan.

Tungi yong`in ikki soat mobaynida 76 o`t o`chiruvchi va 17 ta ixtisoslashtirilgan texnika yordamida bartaraf etildi.

Biroq o`tgan vaqt ichida utilizasiyaga mo`ljallangan 35 ta va haydovchilari jarimaga tortilgan 10 ta avtomobil yonib bo`lgan edi.

Yong`in maydoni 294 kvadrat metrni tashkil qildi. Qurbonlar va jabrlanganlar yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1