1

KXDR Yaponiyaning 883 nafar fuqarosini o`g`irlaganlikda gumon qilinmoqda

Dunyo 03.09.2014, 10:49
KXDR Yaponiyaning 883 nafar fuqarosini o`g`irlaganlikda gumon qilinmoqda

Bedarak yo`qolgan, ammo, ayrim ma`lumotlarga ko`ra, Shimoliy Koreya maxsus xizmati tomonidan o`g`irlab ketilgan yaponiyalik fuqarolar soni 883 nafarni tashkil etmoqda.

Bu haqda Tokioda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Yaponiya davlat xavfsizligi qo`mitasi raisi Keydzi Furuya ma`lum qildi.   

Tokio 1970 yillarda KXDR maxsus xizmati 17 nafar Yaponiya fuqarosini o`g`irlab ketganini ta`kidlamoqda. KXDR esa faqatgina 13 nafar fuqaro o`g`irlanganini tasdiqlagan. Ulardan 5 nafari 2002 va 2004 yillarda Yaponiya sobiq bosh vaziri Dzyun`itiro Koidzumining Shimoliy Koreyaga tashrifidan so`ng o`z mamlakatlariga qaytishgan. Shimoliy Koreyaning ma`lum qilishicha, qolgan 8 kishi vafot etgan. Ammo, Yaponiya taqdim etilgan dalillarni tan olmay, asirlarni qaytarishni talab qilishda davom etmoqda.

Iyul oyida o`tkazilgan muzokaralar davomida Yaponiya agar 1970-80 yillarda o`g`irlab ketilgan yaponiyaliklar taqdiri bo`yicha o`tkazilayotgan tergov ishlaridagi muvaffaqiyat uchun KXDRga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarning bir qismini bekor qilishga va`da berdi.

“RIA Novosti” agentligining yozishicha, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi o`g`irlab ketilgan yaponiyaliklar ishi yuzasidan tergov ishlarini olib boruvchi maxsus qo`mita tuzdi.

 Shuningdek, Tokio Shimoliy Koreya hukumati bedarak yo`qolgan, ammo, KXDR tomonidan o`g`irlab ketilganlikda gumon qilinayotgan yuzlab yaponiyaliklar masalasini ham ko`rib chiqishiga umid qilmoqda.

Tergov ishlarining ilk natijalari sentyabr oyida taqdim etilishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1