Kaliforniyaning Opener kompaniyasi BlackFly deb nomlangan “uchar mashina”ni namoyish etdi, deb xabar qildi TechRadar nashri.
Ushbu mashinani ishlab chiqarish uchun to`qqiz yil vaqt sarflangan. Shu vaqt ichida 1400 ta sinov parvozlari o`tkazilgan.
BlackFly “mashina” deb atalgani bilan unda g`ildiraklar yo`q. Unda sakkizta propeller bo`lib, 40-65 kilometr masofani uchib o`ta oladi. Akkumulyatorlarni quvvatlash esa bor-yo`g`i 25 daqiqa vaqtni oladi.






