Amerikalik Mayk Sakasegava dumalab ketayotgan limonni suratga olganidan so`ng mashhur bo`ldi, deya ma`lum qilmoqda Ren.tv nashri.
Mayk bir kuni ertalab badantarbiyadan so`ng tepalikdan dumalab tushib kelayotgan limonni ko`rib qoladi va darhol uni videokadrlarga muhrlay boshlaydi. Shu tariqa u egasidan qochib ketayotgan limonni ikki daqiqa davomida suratga oladi va kadrlarni o`z blogiga joylashtiradi.
Bunga esa Buzzfeed va The Washington Post kabi yirik davriy nashrlar e`tibor qaratib, blogerdan intervyu olishdi.






