AQShda aka-uka qilmagan jinoyati uchun 30 yil umrini qamoqda o`tkazdi

Dunyo 03.09.2014, 11:43
AQShda aka-uka qilmagan jinoyati uchun 30 yil umrini qamoqda o`tkazdi

Shimoliy Karolina shtati oliy sudi 30 yil umrini qamoqda o`tkazgan ikki mahbusni aybdor emas deb tan oldi.  Aka-uka MakKolum va Leon Braun 1983 yili 11 yoshli Sabrina Byuini zo`rlash va o`ldirganlikda ayblangandi.

The Huffington Post nashrning yozishicha, ushbu qarorning qabul qilinishiga paydo bo`lgan yangi dalillar sabab bo`lgan. Qayta o`tkazilgan ekspertiza natijalari, jasad yonida topilgan sigareta va pivo bankasida MakKollum va Braunning DNK izlari bo`lmaganligini tasdiqladi. Ushbu DNK izlari aka-ukalarning hibsga olinishidan bir necha oy o`tgach, shunga o`xshash jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilingan jinoyatchining DNK izlariga to`g`ri keldi.

Ayblov faqatgina aka-ukalarning qizni o`ldirganliklarini tan olganliklariga asoslangandi. Tergovchilar esa 19 va 15 yoshli bolaning ongi pastligi, tan olish esa faqatgina ko`p soatli so`rovlardan so`ng bo`lganligi va hech qanday ashyoviy dalil topilmaganligiga e`tibor qaratishmagan.  Sud avvaliga ularni o`lim jazosiga hukm qildi. Ammo, apellyasiyadan so`ng MakKollum o`lim jazosiga hukm qilinganlar kamerasida qoldirildi, Braun esa umrbod ozodlikdan mahrum etildi.

Endi, ushbu jinoyatda ayblanayotgan shaxs ismi oshkor etilmayapti. Biroq jinoyatchi hozir 74 yoshda ekanligi ma`lum.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1