1

Tramp: Xelsinkidagi uchrashuvda Putin bilan muhim xulosaga keldik

Dunyo 17.07.2018, 11:21
Tramp: Xelsinkidagi uchrashuvda Putin bilan muhim xulosaga keldik

AQSh prezidenti Donald Tramp Xelsinkidagi sammit yakunlari bo`yicha “Fox News“ telekanaliga intervyu berdi.

Oq uy rahbarining qayd etishicha, Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda yadro qurol, urush va tinchlik, iqtisodiyot masalalari, Suriyadagi vaziyat, Isroil, Ukraina bilan bog`liq muammolar muhokama qilingan va ular bo`yicha muhim xulosalarga kelingan.

Avvalroq, Amerika etakchisi Putin bilan uchrashuvni “yaxshi muqaddima” deb atagan edi. Uning so`zlariga ko`ra, “Vashington Moskva bilan hamkorlik qilishni istaydi”. Shuningdek, Tramp Rossiya prezidenti bilan bu kabi uchrashuvlar tez-tez o`tkazilishidan umidvor.

Eslatib o`tamiz, kecha Xelsinkida AQSh va RF etakchilari o`rtasida ilk bor to`liq formatli uchrashuv bo`lib o`tdi. Prezidentlarning o`zaro muloqoti 4 soat davom etgan. Tramp uchrashuv yakunlarini ijobiy baholadi. O`z navbatida, Putin ham sammitdan so`ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Xelsinki uchrashuvida tomonlar ikki tomonlama munosabatlar va kun tartibidagi xalqaro muammolarni deyarli ko`rib chiqishgani, hatto ayrim masalalar bo`yicha kelishuvga erishganini ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1