1

Buyuk Britaniyada samolyotlar ishtirokida Airshow bo`lib o`tmoqda

Dunyo 18.07.2018, 07:25
Buyuk Britaniyada samolyotlar ishtirokida Airshow bo`lib o`tmoqda

Buyuk Britaniyaning Franboro shahrida samolyotlar ishtirokida Airshow bo`lib o`tmoqda, deb xabar bermoqda Ren.tv nashri.

Mazkur shou aviasanoatdagi eng katta tadbirlardan biri hisoblanadi. Ko`rgazmada 10 dan ortiq mamlakatlar qatnashyapti. Unda ishtirok etayotgan kompaniyalar o`z mahsulotlari taqdimotini o`tkazishmoqda. Britaniya mudofa vazirligi esa “Tempest” deb nomlangan yangi qiruvchi samolyot modelini yig`ilganlar e`tiboriga taqdim etdi. Loyiha 2025 yilda amalga oshiriladi. Unga 2,7 milliard dollar miqdorida mablag` ajratilgan.

Ma`lumotlarga qaraganda, Airshow davomida umumiy qiymati $ 20 milliardga teng shartnomaolar tuzilgan. Tadbirda samolyotlarning havo namoyishi ham bo`lib o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1