Petropavlovsk-Kamchatskiydan 120 kilometr naridagi Malki posyolkasida bir ayiq avtomobilga chiqmoqchi bo`ldi, deya xabar qildi RIA Novosti nashri.
Avvaliga ayiq avtomashinaning ustiga chiqib, lyukdan ichkariga kirmoqchi bo`ldi. Keyin esa tirnoqlari bilan tirnab eshikni ochmoqchi bo`lgan. Aftidan, mashina ichida biron-bir mazali egulik bo`lgan ko`rinadi.






