1

Pora bilan qo`lga tushgan "Vatanparvar" tashkiloti rahbarlaridan biriga hukm chiqarildi

Jinoyat 18.07.2018, 09:34
Pora bilan qo`lga tushgan "Vatanparvar" tashkiloti rahbarlaridan biriga hukm chiqarildi

O`zbekiston mudofaasiga ko`maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Toshkent shahar kengashi tasarrufidagi “Olmazor o`quv sport texnika klubi" unitar korxonasi boshlig`i Z.M. fuqaro B.X.ga o`quv mashg`ulotlariga kelmasa ham chora ko`rmaslik va topshirilishi lozim bo`lgan salomatlik to`g`risidagi tibbiy ma`lumotnomani olishda yordam berishni va`da qildi. Buning evaziga 2018 yil 12 mart kuni 300 ming so`m hamda 100 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo`lga olindi. Bu xaqda O`zA ma`lum qildi.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Olmazor tumani sudi tomonidan keng jamoatchilik vakillari ishtirokida sayyor sud majlisi o`tkazildi.

Sud ishida sudlanuvchi barcha aybiga iqror bo`ldi. Guvohlarning holat yuzasidan ko`rsatmalari eshitildi. To`plangan dalillar yana bir bor ko`zdan kechirilib, sudlanuvchiga hukm e`lon qilindi. Z.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan qonunda belgilangan tartibda jazo tayinlandi. Uning avval sudlanmagani, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligi inobatga olindi.

– Poraxo`rlik, korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga g`ov bo`luvchi eng yomon illatlardan hisoblanadi, – deydi Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Olmazor tumani sudi sudyasi M.Obidov. – Bu kabi salbiy holatlarning oqibati yaxshilik bilan tugamasligini aholiga tushuntirish zarur. Joylarda o`tkazilayotgan targ`ibot tadbirlarida ham mazkur muammoga alohida e`tibor qaratganmiz. Shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda poraxo`rlik va korrupsiyani yo`q qilishga qaratilgan ijtimoiy video roliklar ham namoyish etilmoqda.

Soha mutaxassislari tomonidan fuqarolarga bu kabi huquqbuzarlik va jinoyatlarning oqibatlari haqida tushuncha berildi. Tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1