1

Sho`rchilik soxta advokat ushlandi

Jinoyat 18.07.2018, 10:07
Sho`rchilik soxta advokat ushlandi

Curxondaryo viloyati Denov tumanidagi Tasmasoy mahallasida yashovchi Mamasoli Nurqobilov 69 yoshida Haj safariga boraman, deb firibgarning girdobiga ilindi.

Sho`rchi tumanidagi Besh yillik mahallasida yashovchi 57 yoshdagi Soli Boybo`sinov (ism-shariflar o`zgartirildi) otaxonni Haj safariga yuborishni quyuq va`da qilib, joriy yilning 5 mayidan 5 iyun kunigacha naqd 15 million so`m pulini o`zlashtirib ketgan. Bu haqda Mamasoli bobo tuman ichki ishlar bo`limiga murojaat etgach, Soli Boybo`sinovning boshqa “xurmacha qiliqlari” ham ma`lum bo`lib qoldi. U Sho`rchi tumanidagi Bunyodkor mahallasida yashovchi 31 yoshdagi Go`zal Jobirovaga shu yil may oyida o`zini advokatman, deb tanishtirib, sobiq turmush o`rtog`ining nomida bo`lgan uyni “xamirdan qil sug`urgandek” rasmiylashtirib berishga ishontirgan.

Natijada Denov tumanidagi “Bobodehqon” oziq-ovqat bozori hududida G.Jobirovaning ikki million 300 ming so`m pulini olib, juftakni rostlagan.

O`zA xabariga ko`ra, ayni paytda Soli Boybo`sinovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1