1

"Diydor"da "Qiyiq qizning quyilishi" asari sahnalashtirilmoqda

Madaniyat 18.07.2018, 10:39
"Diydor"da "Qiyiq qizning quyilishi" asari sahnalashtirilmoqda

Taniqli rejissyor, o`zbek teatr san`atining buyuk vakili, san`at arbobi Bahodir Yo`ldoshev rahbarligidagi “Diydor” teatr studiyasi ta`lim va ijodni uyg`unlikda olib boradigan dargoh.

Har gal betakror spektakllar bilan tomoshabinlarni hayratga soladigan teatr studiyasi ijodkorlari yoz mavsumida ham tinim bilishmayapti. O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ko`magida va “Do`stlar klubi” hamkorligida Rossiyaning Yoqutiston avtonom respublikasidan taklif etilgan rejissyor Sergey Potapov yosh ijodkorlarga mahorat saboqlari o`tish bilan birga yangi spektal sahnalashtirishga ham kirishdi.

“Diydor” teatr studiyasida O`zbekiston xalq shoiri, dramaturg Turob To`la tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Uilyam Shekspirning shoir tarjimasiga oid“Qiyiq qizning quyilishi” asari sahnalashtirilmoqda. Bahodir Yo`ldoshev badiiy rahbar bo`lgan ushbu spektakl prem`erasi 10 avgust kuni bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

Darvoqe, Potapov Sergey Stanislavovich 1975 yilning 2 avgust kuni Yoqutistonning Suntar rayonida tavallud topgan. Kinorejissyor, ssenariynavis, teatr rejissyori bo`lgan Sergey Potapov bir qancha zamonaviy asrlardan tortib, jahon klassikasi durdonalarigacha sahnalashtirgan bo`lib, u “Makbet” spektakli uchun nufuzli “Oltin niqob” (“Zolotaya maska”) mukofoti laureati hisoblanadi.

Klassik asarlarga o`ziga xos yondashuv bilan zamonaviy ruh bera oladigan Bahodir Yo`ldoshev va “Diydor” teatr studiyasi ijodkorlarining Sergey Potapov bilan hamkorlikda sahnalashtirilayotgan ushbu sahna asari ham tomoshabinlar ko`nglidan joy olishiga ishonamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1