1

Ebola virusi qurbonlari soni 1900 kishiga etdi

Dunyo 04.09.2014, 10:09
Ebola virusi qurbonlari soni 1900 kishiga etdi

G`arbiy Afrika mamlakatlarida tarqalgan Ebola virusi oqibatida vafot etganlar soni 1,9 ming kishiga etdi. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Margaret Chen ma`lum qildi.

JSST ma`lumotlariga ko`ra, Gvineya, Serra-Leone va Liberiyada  3,5 ming kishi Ebola virusi bilan  kasallangan.

Ebola 1976 yil paydo bo`lgan va hozirgacha umumiy hisobda virusning 24 marotaba tarqalishi qayd etilgan. Hozirgi kungacha virusga qashri  vaksina ham, dori ham yo`q. So`nggi bor Ebola virusi 2014 yil boshida G`arbiy Afrikada tarqalishni boshladi.

Avgust oyida Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Ebola virusining tarqalishi xalqaro ahamiyatdagi xavf ekanligini e`lon qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1