1

Qarshi davlat universitetiga abiturientlardan eng ko`p hujjat topshirildi

Jamiyat 19.07.2018, 10:44
Qarshi davlat universitetiga abiturientlardan eng ko`p hujjat topshirildi

Respublika bo`yicha jami 60 ta oliy ta`lim muassasalari va ularning 19 ta filialiga 675 049 nafar abiturientdan ariza qabul qilindi. Tanlov ko`rsatkichi bir o`ringa o`rtacha 8,3 tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Abiturientlardan eng ko`p hujjat Qarshi davlat universitetiga eng ko`p - 30 937 nafar abiturient hujjat topshirdi.

Keyingi o`rinlarda Samarqand davlat universiteti – 28 733 nafar va Farg`ona davlat universiteti – 27 726 nafar.

Eng katta konkurs Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg`ona filialiga to`g`ri kelmoqda – 1 o`ringa 23,2 abiturient.

Bu ko`rsatkich Andijon mashinasozlik institutida 1 o`ringa 18,3, Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filialida 1 o`ringa 17,6 tani tashkil etadi.

Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga qabul uchun hujjat qabul qilish ishlari 15 iyul kuni yakunlandi, kirish imtihonlari 1 avgustdan 15 avgustgacha bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1