1

Fransiya prezidentining sobiq sevligisi ularning munosabatlari haqida kitob yozdi

Dunyo 04.09.2014, 12:13
Fransiya prezidentining sobiq sevligisi ularning munosabatlari haqida kitob yozdi

Fransiya prezidenti Fransua Ollandning sobiq sevgilisi jurnalist Valeri Trierveyler davlat rahbari bilan munosabatlari haqida 320 betli kitob yozdi. Bu haqda France 24 nashri xabar bermoqda.

Valeri Trierveyler va Fransua Olland 1988 yili tanishishgan, ammo ularning munosabatlari faqatgina 2005 yil boshlangan.  O`shanda Valeri Paris Match jurnali bosh muharrir o`rinbosarining turmush o`rtog`i bo`lgan. Valeri rasman 2010 yil turmush o`rtog`i bilan ajrashdi. 2011 yildan boshlab esa Valeri Trierveyler Fransiya prezidenti bilan turli marosimlarda birga tashrif buyurgan. Ular munosabatlarni rasmiylashtirmagan bo`lsada, Fransiya OAVlari Trierveylerni Fransiyaning “birinchi xonimi” deya atashdi.

2014 yilning yanvar oyida Closer jurnali Fransua Olland sevgilisiga xiyonat qilganini tasdiqlovchi maqolani chop etdi.  Shundan so`ng ularning munosabatlari yakunlandi.

Davlat rahbari bilan munosabatlarni yakunlash jurnalist uchun oson kechgani yo`q.

“Fransua menga xiyonat qilgani to`g`risidagi xabarni Elisey saroyida eshitdim. U yonimda edi. Men o`zimni yomon his qila boshladim va bir paket dorilarni olish uchun yuvinish xonasiga kirib ketdim. Fransua ortimdan yugurdi”,-deb yozadi Trierveyler.

Jurnalistning yozishicha, Fransua undan dorilarni olib qo`ymoqchi bo`lgan, oqibatda barcha dorilar erga to`kilib ketgan. Ammo,  Valeri baribir ushbu dorilarni qabul qildi va keyingi kun shifoxonaga tushdi. Valeri shifoxonada bo`lgan davrda mamlakat prezidenti  kuniga bir necha marotaba xabarlar jo`natib turgan va uning qaytishini so`ragan. Ammo, Trierveyler unga  ikkinchi bora imkon bermadi.

Valeri Trierveylerning “Bu lahzalar uchun senga rahmat” (Thank You for This Moment) nomli kitobi sentyabr o`rtasida sotuvga chiqadi.  Elisey saroyida shov-shuv bo`lishi kutilayotgan kitob haqida hech narsa bilmasliklarini ma`lum qilishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1