Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Telegram messenjeri ishga tushdi. Bu haqda hokimlikning axborot xizmati xabar qiladi.
Mazkur messenjer xalq bilan bevosita muloqot o`rnatish, joylardagi haqiqiy ahvol to`g`risida aniq ma`lumot olish maqsadida tashkil etildi.
Endi fuqarolar Telegram'da +99897-405-40-06 raqami orqali nafaqat shaxsiy, balki viloyatning barcha hududida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda uchrayotgan muammolarni ko`tarib chiqishlari mumkin.






