AsosiyDunyo

Soxta va yolg`on xabar tarqatganlar javobgarlikka tortiladi

'Soxta va yolg`on xabar tarqatganlar javobgarlikka tortiladi'ning rasmi

Misrda ijtimoiy tarmoqlar orqali soxta va yolg`on xabar tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortilishi mumkin.

Misr parlamenti ijtimoiy tarmoqlarda 5 mingdan ortiq obunachisi bo`lgan sahifa (kanal)larni ommaviy axborot vositasiga tenglashtiruvchi qonunni qabul qildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Qonunga muvofiq, soxta va yolg`on xabarlarni tarqatganlarning sahifasi to`sib qo`yiladi va o`zlari javobgarlikka tortiladi.

Qonunni nazorat qilish OAV faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Oliy kengashga yuklandi.

Bundan tashqari, OAV faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Oliy kengashning roziligisiz yangi sayt yaratish taqiqlanadi.

Oliy kengash, o`z navbatida, mavjud saytlarni bloklash yoki ularni jarimaga tortish huquqiga ega.

    Boshqa yangiliklar