1

Ukrainada aviahalokatga uchragan Boeing tergov ishlarining natijalari 9 sentyabr e`lon qilinadi

Dunyo 04.09.2014, 16:30
Ukrainada aviahalokatga uchragan Boeing tergov ishlarining natijalari 9 sentyabr e`lon qilinadi

Ukraina hududida aviahalokatga uchragan Boeing tergov ishlarining ilk natijalari 9 sentyabr kuni e`lon qilinadi. Bu haqda Gollandiya xavfsizlik kengashi ma`lumotiga asoslanib “ITAR-TASS” agentligi xabar beradi.

“Dastlabki hisobot soat 10:00 da (Toshkent vaqti bilan 13:00 da)  taqdim etiladi”,-deyiladi xabarda.

“Hisobotda asosli manbalardan olingan faktlar keltiriladi. Tergovni davom ettirish hamda yakuniy hisobotni tuzib chiqish uchun bir necha oy kerak bo`ladi. Xavfsizlik kengashi bir yil ichida yakuniy hisobotni taqdim etishga umid qilmoqda”,-deb qayd qilib o`tilgan hujjatda.

Eslatib o`tamiz,  Ukraina hududida qulagan Malayziya layneri urib tushirilgan bo`lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Amsterdam-Kuala-Lumpur reysi bo`yicha uchgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti 17 iyul kuni Ukrainaning Donesk  viloyatida qulagan.  Layner bortida bo`lgan barcha 298 kishi halok bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1