AsosiyJamiyat

Nikohni bekor qilish haqidagi da`vo arizalaridan undiriladigan boj stavkalari ko`tarildi

'Nikohni bekor qilish haqidagi da`vo arizalaridan undiriladigan boj stavkalari ko`tarildi'ning rasmi

Ilgari nikohni bekor qilish haqidagi da`vo arizalaridan eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida Davlat boji undirilar edi.

Hukumatning 2018 yil 17 iyuldagi qarori bilan Davlat boji stavkalariga o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, endilikda fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga beriladigan arizalardan quyidagi miqdorlarda boj undiriladi:

  • mulkiy tusdagi da`vo arizalaridan – da`vo bahosining 4 foizi (oldin – 2 foiz) miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining bir baravari (oldin – 50 foiz) ko`p bo`lmagan miqdorda;
  • nikohni bekor qilish haqidagi da`vo arizalaridan – eng kam ish haqining 2 baravari (oldin – 50 foiz) miqdorida;
  • takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da`vo arizalaridan – eng kam ish haqining 4 baravari (oldin – 120 foiz) miqdorida;
  • uy-joylarni ijaraga olish shartnomasini o`zgartirish yoki bekor qilish to`g`risidagi da`vo arizalaridan, vorislikni qabul qilish muddatini uzaytirish haqidagi, xatlangan mulkni qaytarib berish to`g`risidagi va mulkka oid bo`lmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa da`vo arizalaridan – eng kam ish haqining 2 baravari (oldin – 50 foiz) miqdorida;
  • alohida ko`riladigan ishlar bo`yicha ariza (shikoyat)lardan – eng kam ish haqining 1 baravari (oldin – 10 foiz) miqdorida.
  • Iqtisodiy sudlarga kiritiladigan mulkiy tusdagi da`vo arizalaridan – da`vo bahosining 2 foizi (oldin – 1 foiz) miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam bo`lmagan miqdorda boj undiriladi.

    Boshqa yangiliklar