AsosiyJamiyat

Yana bir vazirlik xodimlari Toshkentda propiska qilinishi mumkin bo‘ldi

'Yana bir vazirlik xodimlari Toshkentda propiska qilinishi mumkin bo‘ldi'ning rasmi

Maktabgacha ta`lim vazirligida ishlovchi xodimlar ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi.

Hukumatning 2018 yil 18 iyuldagi qarori bilan Maktabgacha ta`lim vazirligi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro`yxatiga kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Eslatib o`tamiz, Ro`yxatda shu paytgacha 66 ta tashkilot mavjud edi.

    Boshqa yangiliklar