AsosiyJamiyat

Toshkent IIBB xodimi chernogoriyalik sayyohning hayotini saqlab qoldi

'Toshkent IIBB xodimi chernogoriyalik sayyohning hayotini saqlab qoldi  'ning rasmi

Patrul-post xizmati xodimi serjant Farrux G`oziev tez tibbiy yordamga muhtoj bo`lgan chernogoriyalik sayyohni kasalxonaga olib borib uning hayotini saqlab qoldi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, serjant Muqimiy ko`chasidagi bekatda yuragini ushlab o`tirgan erkakni payqab qoladi. Shu zahoti darrov uning yoniga borib, ahvolini so`raydi. Erkak undan yordam so`raydi.

G`oziev uni mashinaga o`tqazib, zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam markaziga yo`l oladi.

Keyin ma`lum bo`lishicha, chet ellik sayyohning yuragi bezovta qilib, xuruj tutgan va o`z vaqtida ko`rsatilgan yordam natijasida kasallikning og`ir oqibati oldi olindi.

    Boshqa yangiliklar