Toshkent shahrida avtomashinalarning davlat raqami o`g`irlanishi holati ko`paymoqda. Bir kechaning o`zida 5 ta davlat raqami o`g`irlab ketilgani aytilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Xabariga ko`ra, 2018 yil 18 iyul oqshomida, Navbatchilik qismiga besh nafar haydovchilar o`z avtomashinalarining davlat raqami o`g`irlab ketilgani haqida ariza bilan murojaat qilgan.
Avtomashinalarning davlat raqami Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumani Buyuk ipak yo`li hamda Chust ko`chalaridan o`g`irlab ketilgan. Aynan avtomashina egalariga o`g`rilar tomonidan maktub qoldirilib, raqamni internetdagi messenjerlar orqali bog`lanib qaytarib olishlari mumkinligini yozib ketilgan.
Tezkor tadbir natijasida hozircha ikki avtomashinaning davlat raqami topilgan bo`lib, qolganlarini aniqlash bo`yicha harakatlar davom ettirilmoqda.






