Tailand yangi bosh vaziri Prayut Chan-Ocha afsungarlar qurboni bo`lganini ma`lum qildi. Bu haqda “Bangkok post” gazetasi xabar bermoqda.
Afsunlar haqida bosh vazir payshanba kuni o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qildi. “Meni afsungarlar o`qib qo`yganini aytishdi. Men afsundan qutilish uchun anchagina ilohiy suvdan ichdim. Endi men shamollab qolganga o`xshayman”,-dedi Prayut Chan-Ocha.
Shuningdek, bosh vazir bel qismi va tomog`ida kuchli og`riqni his qilayotganini ma`lum qildi.