1

Xalqaro terrorchi tashkilotlar a`zosi bo`lgan O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi (video)

Jinoyat 20.07.2018, 20:19
Xalqaro terrorchi tashkilotlar a`zosi bo`lgan O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi (video)

DXX Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida “Turkiston islom harakati” va keyinchalik “Islom jihodi ittihodi” xalqaro terroristik tashkilotlari a`zosi bo`lgan O`zbekiston fuqarosi Zokir Rahimov Turkiyaning Istanbul shahrida qo`lga olinib, O`zbekistonga olib kelindi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalida efirga uzatilgan ko`rsatuvda ma`lum qilindi.

1973 yilda Navoiy viloyatida tug`ilgan Zokir Rahimov 1994—1999 yillarda “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi a`zosi sifatida jamoat yig`ilishlarida ishtirok etib kelgan.

1999 yilning fevral oyida yuz bergan voqealardan so`ng turli ekstremistik oqimlar vakillari huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan so`roq qilina boshlagach, Zokir Rahimov jinoiy javobgarlikka tortilishidan qo`rqib, o`sha yili kuz oylarida Toshkent viloyatining Bekobod tumani orqali Tojikistonga chiqib ketgan. U erda “Turkiston islom harakati” terrorchilik tashkiloti safiga borib qo`shiladi. U 2000 yildan buyon qidiruvda bo`lgan.

So`ngra Zokir Rahimov Afg`oniston, 2001 yil oxirlarida Pokistonga va 2005 yildan so`ng Eronga qochib o`tadi va bu mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlarga borib qo`shiladi.

U 2014 yilda Turkiyaga keladi va bu erda o`z faoliyatini davom ettiradi.

Hozirda Zokir Rahimovga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1